Oct 302016
 

Поделиться в соц. сетях

Share to Google Buzz
Share to Google Plus
Share to LiveJournal
Share to MyWorld
Share to Odnoklassniki

O'zbekiston Markaziy saylov komissiyasi qoshidagi matbuot markazi

O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasi qoshidagi matbuot markazi

Ulashing

Izohlarni o’qing

O`zbekiston prezidentligi uchun muddatidan avval o`tkazilayotgan saylovlarni bu yil Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) to`liq missiyasi, 300 ga yaqin vakillari kuzatadi. YXHT missiyasi hozirgacha O`zbekistondagi saylovlarni to`liq tarkibda kuzatmagan, bu qaror G`arbning yangi prezidentga umid ko`zi bilan qarayotganidan darak sifatida baholanmoqda. Markaziy saylov komissiyasi saylovning ochiq, demokratik tarzda o`tishini ta`kidlayapti, mahalliy va xorijlik jurnalistlar uchun seminarlar tashkil etmoqda.

 

 

YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi O`zbekiston prezidentligi uchun saylov kampaniyasini kuzatishga doir dastlabki hisobotini e`lon qildi. Hisobot tashkilot qoshidagi Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlarining O`zbekistonga tashrifi, saylov jarayoni bilan tanishishi ortidan e`lon qilinmoqda.

Xulosaga ko`ra, YXHT O`zbekiston prezidentligi saylovlarini kuzatish uchun uzoq va qisqa muddatli ikki guruhni, 300ga yaqin kuzatuvchilarini jo`natadi. Qisqa muddatli guruhga kiruvchi 250 atrofidagi kuzatuvchilar bevosita 4-dekabr kuni ishlasa, uzoq muddatli guruh saylov bilan bog`liq jarayonlarni kuzatib boradi.

O`zbekistonda o`tgan saylovlar hozirgacha YXHTning to`liq missiyasi tomonidan kuzatilmagan, saylovlarda raqobat yo`qligini e`tirof etgan tashkilot faqat kichik guruhdan iborat cheklangan missiya jo`natish bilan kifoyalanib kelgan edi.

Mamlakatni 27 yil davomida boshqargan, siyosiy muxoliflarini ayovsiz bostirib kelgan Islom Karimovning vafoti uning ishtirokisiz, muddatidan avval o`tkazilayotgan prezidentlik saylovlarini raqobatli qildi deyish qiyin.

O`zbekistonlik siyosiy muhojir, huquq himoyachisi Abdujalil Boymatov bu haqda shunday deydi:

O`zbekistonda Islom Karimov davrida ham hech qachon erkin demokratik saylovlar bo`lmagan. Mirziyoyev qatnashayotgan bu safargi 4-dekabr kuni kutilayotgan saylovlar ham demokratik tarzda o`tmaydi. Chunki erkin matbuot yo`q, muxolif partiyalar ro`yxatga olinmagan, norozilikni bildirish, harakatlanish erkinligi yo`q. Bunday sharoitda erkin, demokratik saylovlar bo`lmasligini hamma biladi. Lekin G`arb davlatlari yangi prezident bo`lganligi uchun Shavkat Mirziyoyevga umid bildirishayapti, demokartik islohotlarga undashmoqchi. Bu narsa avval ham 2003-yillarda kuzatilgan. G`arb Karimov rejimi o`zgarishiga umid qilib, hukumat bilan hamkorlikka kirishgan edi, lekin hech narsa o`zgarmadi. Men Shavkat Mirziyoyevga bildirilayotgan umidlarning oqlanishiga unchalik ishonmayman”.

Markaziy saylov komissiyasi YXHT Ehtiyojlarni baholash missiyasi hisobotidan iqtibos keltirishicha, ekspertlar saylov tayyorgarlik jarayonini, xususan, qonunchilikka kiritilgan o`zgarishlarni, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan aholining huquqiy va elektoral faolligini oshirish bo`yicha qilinayotgan ishlarni ijobiy baholagan.

Ta`kidlanishicha, saylov jarayonini o`rganish uchun O`zbekistonda bo`lgan YXHT ekspertlari missiya doirasida televideniye va matbuoti vakillari, jurnalistlar bilan ham uchrashishgan, saylov jarayoniga doir vaziyat bilan tanishishgan.

4-dekabr kuni kutilayotgan prezidentlik saylovlarida Liberal demokratlar partiyasi nomzodi, muvaqqat prezident Shavkat Mirziyyevdan tashqari, “Adolat” partiyasidan Narimon Umarov, “Milliy tiklanish”dan Sarvar Otamurodov, O`zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Hotamjon Ketmonov qatnashyapti.

Tanqidchilar O`zbekiston prezidentligi uchun saylovlarda raqobat bo`lmasligi sababini mamlakatda mustaqil, erkin matbuot yo`qligi, nomzodlar ishtirokining soxtaligida ko`rishadi.

Saylovda cho`ntak partiya nomzodlari qatnashayotgani uchun raqobat haqida muhokama qilishning keragi yo`q, ma`nosiz, o`z-o`zidan ular cho`ntak partiyalar. Karimov davrida tashkil qilingan, davlat tomonidan moliyalanadi, boshqariladi, ular qo`g`irchoq-ku. Qanday qilib raqobat haqida gapirish mumkin. Hozirgacha bu siyosiy partiyalar biror muammoni ko`tarishgani yoki shuncha yillar Karimov tomonidan konstitutsiya qo`pol buzib kelingani yuzasidan bir tanqid bildirishgani kuzatilmagan”, – deydi Abdujalil Boymatov.

Markaziy saylov komissiyasiga ko`ra, ayni paytda siyosiy partiyalar o`z nomzodlarini ro`yxatdan o`tkazish uchun zarur hujjatlarni taqdim etib bo`lishgan.

 

16x9 Image

  • Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O’zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O’zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. “Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.