Shahlo Rahmonova ozodlikda!

Spread the love

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyatining a’zosi Shahlo Rahmonova bir oycha oldin qamoqdan ozodlikka chiqqan. Bu haqda Shvetsiyada muhojirlikda yashovchi, siyosiy qochqin, jurnalist, huquq himoyachisi To’lqin Qorayev o’zining facebook sahifasida Shahlo Rahmonovaning yaqinlaridan birining bergan ma’lumotiga ko’ra xabar chop etdi.

Shahlo Rahmonova 2010 yilning 12 aprelida Qashqadaryo viloyat jinoiy ishlar sudi hukmi bo’yicha sohta ayblar bilan 6.5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Shahlo yaqinlaridan birining aytishicha uning sog’lig’i yaxshi emas, ruhiyati shikastlangan.

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyatining 7 a’zosi hanuz qamoqda. Ular: A’zam Farmonov, G’aybullo Jalilov, Zafar Rahimov, Yo’ldosh Rasulov, Cho’yan Mamatqulov, Mehriniso Hamdamova, Zulxumor Hamdamovalardir.

Mehriniso Hamdamova, Zulxumor Hamdamova va Shahlo Rahmonovalar bir kunda sud hukmi bilan 159 va 244 moddalarning 2 bandi bo’yicha, sohta ayblar bilan ayblanib 7, 6.5, 6.5 yillarga ozodlikdan mahrum qilingan edilar.

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati Shahlo Rahmonovaga sihat salomatlik va ishlariga rivoj tilaydi!

Hanuz qamoqda qolayotgan 7 a’zosini O’zbekiston hokimiyatidan ozod qilishni talab qiladi!

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati prezidenti.

25-may, 2016- yil.

Leave a Reply

Your email address will not be published.