Xalqaro amnistiya O’zbekistonga kirishga urinmoqda, natija yo’q

Spread the love

Denis Krivosheev, Xalqaro amnistiya tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha direktori muovini

Denis Krivosheev, Xalqaro amnistiya tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo’yicha direktori muovini

Malik Mansur

27.02.2015 22:41

KIYEV—

Xalqaro amnistiya tashkilotining yillik hisobotida O’zbekiston mintaqada eng yopiq davlat sifatida ko’rsatiladi. Hisobotda yozilishicha, qiynoqlar bu davlatda muxolif fikrga qarshi kurash vositasidir.

Xalqaro amnistiya tashkiloti O’zbekistonda qiynoqlar davom etayotganidan tashvishda-Malik Mansur lavhasi

Xalqaro amnistiya, Amnesty International tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo’yicha direktori o’rinbosari Denis Krivosheev “Amerika ovozi” bilan suhbatda O’zbekiston hukumatiga murojaatlar natijasiz qolayotganini aytadi.

Tashkilot inson huquqlariga doir yillik hisobotida O’zbekistondagi asosiy muammo sifatida qiynoqlarni keltiradi. Jabr ko’rayotganlarning asosiy qismi hukumat tomonidan terrorizm va ekstremizda ayblanayotganlar, muxolif qarashdagi odamlar, deydi Krivosheev.

O’zbekistonda inson huquqlari oid muammolar juda ko’p, ammo bu yilgi hisobotimizda diqqatni asosan qiynoqlarga qaratdik. Qiynoqlar O’zbekistonda muntazam, qiynoqqa solganlar esa jazolanmaydi. 2014-yilgi vaziyat ham shuni ko’rsatayapti.  Qiynoqqa qarshi kurashuvchi mexanizmning o’zi yo’q. Aksincha, hukumat xalqaro tashkilotlarning bu boradagi tashabbuslariga muntazam qarshilik ko’rsatadi. Masalan, BMTning qiynoqlarga qarshi mutaxassisi O’zbekistonga kirolmayapti. O’zbekiston hukumatiga qilgan murojaatlarimiz ham natijasiz. Biz hukumatdan mamlakatga kirishga, vaziyatni yaqindan o’rganishga ruxsat so’radik, ammo natija yo’q. O’zbekiston mintaqaning eng yopiq davlatiga aylanmoqda”, – deydi Krivosheev.

Xalqaro amnistiya vakili G’arb va O’zbekiston o’rtasida davom etayotgan inson huquqlari bo’yicha muloqotlarga ishonqiramay qaraydi.

To’g’ri, albatta muloqot bo’lishi kerak, ammo hozirgacha bu borada biror ijobiy natija kuzatilmayapti. O’zbekiston allaqachon inson huquqlarini qo’pol poymol etayotgan davlat reputatsiyasiga ega. U bilan xalqaro miqyosda hamkorlik qilib kelayotgan davlatlardan esa inson huquqlari muammosini keskinroq qo’yish talab etiladi. Mabodo, O’zbekistonning xalqaro hamkorlari tomonidan bu masala ko’tarilayotgan bo’lsa, demak yetarli darajada emas, chunki biz natija ko’rmayapmiz”, – deydi Krivosheev.

Huquq tashkiloti O’zbekistonda mavjud qiynoqlarni barataraf etishga qaratilgan tavsiyalarni olg’a suradi.

Krivosheevning aytishicha, Toshkent qiynoq aralashgan ishlarni qayta ko’rib chiqishi kerak.

Qiynoq qo’llanganiga doir barcha shikoyat-arizalar xolis, adolatli o’rganilishi kerak. Bundan tashqari, qiynoq vositasida qo’lga kiritilgan dalillar tufayli qamoqqa tashlanganlarning ishlari qayta ko’rib chiqilishi kerak. Odamni qiynash, o’rta asrlarga xos bunday usul orqali qamoqqa hukm qilish mumkin emas”, – deydi Krivosheev.

Xalqaro tashkilot hisobotida mahbuslarning oddiy huquqlardan mahrum qolayotganini qamoqdagi faollar Murod Jo’rayev, Mirsobir Hamidqoriyev, shuningdek, o’tgan yil qamoqdan chiqiboq kasallikdan vafot etgan huquq himoyachisi Abdurasul Xudoynazarovlar misolida keltiradi.

 

http://www.amerikaovozi.com/content/amnesty-international-uzbekistan-torture/2661856.html

Leave a Reply

Your email address will not be published.