AQSH Mehnat vazirligi rasmiylari O’zbekistonda majburiy mehnatni muhokama qildi

Spread the love

 

Payshanba, 14-avgust, 2014 Toshkent vaqti: 15:10

Dasturlar

Siyosat

Aqsh Mehnat vazirligi rasmiylari O’zbekistonda majburiy mehnatni muhokama qildi

Audio
  • AQSh Mehnat vazirligi rasmiylari O’zbekistonda majburiy mehnatni muhokama qildi

Odil Ruzaliev

13.08.2014 20:55

Yaqinda AQSh Mehnat vazirligi delegatsiyasi O’zbekistonda bo’lib qaytdi. Vazir muovini Erik Biel bir hafta davomida rasmiylar, nodavlat tashkilotlar vakillari va inson huquqlari faollari bilan uchrashib, bolalar mehnati va majburiy mehnat xususida fikr almashdi, ma’lumot oldi.

AQSh Mehnat vazirligi rasmiylari O’zbekistonda majburiy mehnatni muhokama qildi


O’zbekistonga odatda AQShdan Davlat departamenti yoki Mudofaa vazirligi mulozimlari borib turadi. Bu Mehnat vazirligi rasmiylarining respublikaga ilk safari bo’ldi.

“Biz O’zbekiston masalasi bilan ko’p yillardan beri shug’ullanamiz. Kongress buyrug’iga binoan har yili dunyoda bolalar ekspluatatsiyasiga doir hisobot tayyorlaymiz. Hisobotda 140 davlat orasida O’zbekistondagi vaziyatga ham nazar tashlaymiz”,- deydi Erik Biel, “Amerika Ovozi” bilan suhbatda.

“O’zbekistonga shu paytgacha safar qilmaganimizning ikkita sababi bor. Birinchisi, bizni qiziqtirgan ayrim masalalarni Davlat departamenti orqali hal qilishga muvaffaq bo’ldik. Ikkinchisi, O’zbekiston hukumati Xalqaro mehnat tashkiloti vakillariga paxta terimini kuzatishga ruxsat bermaguncha respublikaga borishga bir sabab ko’rmadik.

O’zbekistonda sakkiz kun bo’ldik. Asosan Toshkentda. Ko’plab rasmiylar bilan uchrashdik. Hukumat elchixonamiz bilan hamkorlikda bo’lib, safarni tashkillashtirishda yordam berdi. O’zbekiston Mehnat, Qishloq xo’jaligi, Sog’liqni saqlash, Ichki ishlar, Tashqi ishlar vazirliklari hamda ta’lim bilan shug’ullanuvchi ikki vazirlik rasmiylari, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Savdo va sanoat palatasi, Fermerlar kengashi vakillari bilan uchrashdik.

Tashrifimizning so’nggi kunida vazirliklar bilan bolalar mehnati va majburiy mehnatga doir masalalar va siyosatni muvofiqlashtiruvchi, o’tgan yili tuzilgan kengash vakillari bilan ko’rishdik. Unda hukumat va tegishli tashkilotlarning 30 ga yaqin xizmatchilari, Mahalla qo’mitasidan odamlar qatnashdi. Bu O’zbekiston hukumati va unga aloqador mutaxassislar bilan uchrashuvlar edi. Bundan tashqari elchixona yordamida 10 nafar inson huquqlari himoyachilari va mustaqil jurnalistlar bilan ham uchrashishni lozim topdik”.

Rasmiyning aytishicha, o’tgan yili O’zbekiston hukumati tashkilot bilan nihoyat bu borada bitimga kelishganidan so’ng Mehnat vazirligi bu yil Toshkentga borishni rejaladi. AQSh delegatsiyasi asosan poytaxtda bo’ldi, qator vazirliklar, nodavlat tashkilotlar va inson huquqlari faollari bilan uchrashdi.

“O’zbekistondagi uchrashuvlarimizdan shunday xulosaga keldikki, hukumat paxta terimiga bolalarning jalb etilayotganini muammo sifatida ko’ra boshladi. Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari bilan majlislarimizda bolalar ekspluatatsiyasining noqonuniy ekani haqida tashviqot olib borilayotgani haqida so’zlashdi va bizni majburiy mehnatga qarshi chora ko’rilayotgani haqida ishontirishdi”, – deydi Erik Biel.

O’tgan yili Xalqaro mehnat vazirligi inspektorlari O’zbekiston paxta dalalarida ilk bor terimni kuzatishga muvaffaq bo’ldi. Bu yil ham shunday bo’lishi kutilyaptimi?

“Xalqaro mehnat tashkiloti mutaxassislari paxta terimini o’tgan yil sentabr va oktabr oylarida nazorat qildi. Bu haqda ko’p muhokamalar bo’ldi. Kuzatuvni 10 jamoa olib bordi va har bir jamoaga Xalqaro mehnat tashkiloti yoki tashkilot bilan bu ish uchun shartnoma tuzgan bittadan mutaxassis bosh bo’ldi. Jamoalarga O’zbekiston hukumati idoralari, Kasaba uyushmalari ederatsiyasi va Savdo va sanoat palatasidan ham vakillar kirdi”,- deya javob qiladi Biel.

O’zbekiston ichidagi va tashqarisidagi ayrim faollar kuzatuv to’liq mustaqil bo’lmaganini, hukumat ta’siridan xoli bo’lmaganini aytishdi. Biroq O’zbekiston hukumati Xalqaro mehnat tashkiloti bilan ana shunday hamkorlikning yo’lga qo’yilganini ulkan qadam deb bildi. Axir 2012-yilda tashkilot inspektorlari mamlakatga kiritilmagan ediku. Bu yili qanday bo’lishini hali bilmaymiz. O’zbekistonga tashrifimiz chog’ida shu mavzuda ham gaplashdik, ammo tugal qaror hali qabul qilingani yo’q”.

Hukumat vakillari va mustaqil faollar bilan uchrashuvlarda olingan ma’lumotlar o’rtasida farq qanchalik katta?

“Fuqarolarning O’zbekiston qonunchiligi va xalqaro normalar doirasida majburiy mehnat, bolalar mehnatiga doir haq-huquqlaridan naqadar xabardor ekani xususida huquq faollari va mustaqil jurnalistlarning qarashlari ancha farq qildi. Ularning fikricha paxta dalalarida majburiy mehnatning qonunga zid ekani xususida joylarda hali ham tashviqot sust olib borilmoqda. Biroq hukumat vakillari bolalar mehnatini man qilish bobida qilinayotgan ishlar, choralar haqida bizga batafsil so’zlab berishdi. Ya’ni ikki tomondan ikki xil ma’lumot oldik”,- deydi AQSh mehnat vaziri muovini Erik Biel. 

Rasmiy o’nlab xalqaro tashkilotlar va to’qimachilik kompaniyalarini o’z ichiga olgan “Paxta Kampaniyasi” guruhi bilan muntazam aloqada ekanini aytadi.

“Paxta Kampaniyasi” ko’p yillardan beri O’zbekiston hukumatidan paxta dalalarida bolalar mehnatiga chek qo’yishni talab qilib keladi va kiyim ishlab chiqaruvchi yirik xalqaro kompaniyalarni o’zbek paxtasini sotib olmaslikka chaqirgan. O’zbekistonlik faollarning ta’kidlashicha, ushbu bosim natijasida o’tgan yili paxta terishga ancha kam bola olib chiqilgan.

 

http://www.amerikaovozi.com/content/child-labor-in-uzbekistan/2412129.html

Leave a Reply

Your email address will not be published.