Faollar: DAEWOO majburiy mehnat evaziga terilgan o’zbek paxtasini ishlatmasin

Spread the love

 

O'zbekistonda majburiy mehnatga qarshi namoyish, Seul, Janubiy Koreya

 

 

 

O’zbekistonda majburiy mehnatga qarshi namoyish, Seul, Janubiy Koreya

 

Amerika Ovozi

10.07.2014 22:31

DAEWOO xalqaro korporatsiyasining Seuldagi qarorgohi oldida O’zbekistonda dalalarida majburiy mehnatga qarshi “Paxta kampaniyasi” tashabbusi bilan norozilik namoyishi o’tdi.

Huquq himoyachilari va faollar kompaniyaga 190 mamlakatdan 230 ming odamning imzosi qo’yilgan murojaatnomani topshirishdi.

DAEWOO O’zbekistonda majburiy mehnat oqibatida tushgan daromadga sherik bo’lmasin, deya talab qilinadi unda. Kompaniya O’zbekistonda paxta tozalash va qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi eng yirik shirkat.

“Paxta kampaniyasi” to’plagan ma’lumotlarga ko’ra, har yili terimga bir milliondan ziyod bolalar va kattalar majburan olib chiqiladi.

Murojaatnomada DAEWOO ikki yil ichida O’zbekistondan paxta sotib olishni to’xtatsin degan talab ham bor. Shu kungacha dunyoda 130 dan ortiq to’qimachilik kompaniyalari o’z mahsulotlarida o’zbek paxtasidan foydalanmaslikka ahd qilgan. O’nlab savdo tizimlari ham o’zbek paxtasi ishlatilgan tovarlarni olmaydi.

“Paxta kampaniyasi” – O’zbekiston dalalarida majburiy mehnatga qarshi bizneslar, nohukumat va notijoriy tashkilotlar, mustaqil ekspertlar va huquq faollarini olgan harakat

 

http://www.amerikaovozi.com/content/daewoo-uzbekistan/1954882.html

Leave a Reply

Your email address will not be published.