Xalqaro tashkilot Toshkentdan fermerni ozod etishni so’radi

Spread the love

 

 

 

01.07.2014 00:18

Bir necha tashkilotni o’z ichiga olgan “Paxta kampaniyasi” tashkiloti O’zbekiston hukumatidan Aliqul Sarimsoqov ismli jizzaxlik fermerni qamoqdan zudlik bilan ozod etishni talab qilmoqda.

Dehqon 18-iyun kuni Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasiga chaqirtirilib, o’sha yerdan ruhiy kasalxonaga majburan olib borilgan. Shundan beri unga na advokatni na oila a’zolarini yo’latishgan.

Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, Zomin tumani hokimi 2007-yilda Aliqul Sarimsoqovdan pora talab qilgan, lekin fermer rad javobini bergan. Shundan so’ng uni tuhmatda ayblab jarima solishga, sudya esa ayblanuvchining izohlariga quloq solishni istamagan.

Joriy yilda esa hukumat Sarimsoqovni tergovsiz, sudsiz ruhiy kasalxonaga joylashtirishni buyurdi. Uning advokati Shuhrat Rustamovning aytishicha, fuqaroni ruhiy kasalxonaga majburan joylashtirish jinoyatdir.

Huquqshunos Sarimsoqov taqdiri haqida ma’lumot ololmayotganini aytadi.

“Paxta kampaniyasi” o’z ichiga O’zbekiston dalalarida bolalar va majburiy mehnatga qarshi bo’lgan o’ndan ortiq to’qimachilik kompaniyalari, nodavlat tashkilotlari va inson huquqlari guruhlari oladi.

Kampaniya Sarimsoqov misolida O’zbekiston hukumatining xalqaro sahnada inson huquqlarini ta’minlayotgani haqidagi da’volarini soxta deydi.

“Biz O’zbekiston hukumatini Aliqul Sarimsoqovga zudlik bilan mustaqil advokatdan foydalanishga, oila a’zolari va do’stlari bilan ko’rishishga ruxsat berishga chaqiramiz,” deyiladi Paxta kampaniyasi bayonotida.

 

http://www.amerikaovozi.com/content/uzbek-farmer/1947990.html

Leave a Reply

Your email address will not be published.