O’zbekıston va Turkıyani qiyoslaganda…

Spread the love

 

 

 Dilshod NURXONOV

Dilshod NURXONOV

Yurt ertasini yoshlar belgilaydi” deyishadi.

Shu ma’noda o’zligi,millati,milliyligi,o’z qadriyatlari,xalq xurramligining umrboqiyligini astoydil istagan va ana shunday ezgu maqsadni orzu qilgan har qanday elparvar,millatparvar davlat eng avvalo yoshlarga,ularning jismoniy va ma’naviy kamoliga jiddiy e’tibor qaratadi.

Men yuqorida mazkur maqolamga bejiz “O’zbekıston bilan Turkıyani taqqoslaganda…” deya sarlavha qo’ymadim.

Ajdodlarining asl o’zagi bir bo’lgan bu ikki davlat yoshlarining bugungi kun hayotini bir-biriga qiyoslab bo’ladimi?

Taqqoslashning imkoni bo’sa,bu qanday shakl va mazmunda bo’lardi?

Men quyida ayni masala yuzasidagi o’z qarashlarimni bayon etishni istardim.

O’zbekiston va Turkiya. Bu ikki mamlakat yoshlarining bugungi kuniga nazar tashlaydigan bo’lsak,ming afsuzki,o’rtada tog’ bo’lib turgan juda ulkan tafovvutni ko’rishimiz mumkin.

Gap shundaki,Turkiya hukumati tomonidan millat va mamlakat ertasining bor zalvorini zimmasiga olguvchi yoshlarning o’qishi,ta’lim olishi,kasb o’rganishi,madaniy hordiq chiqarishi,qo’yingchi,jamiiyki jabhalarda nihoyatda katta va cheksiz imkoniyatlar yaratib berilganki,buni ko’rgan kishi faqat va faqat havas qilishi mumkin.

 Bir so’z bilan aytganda yosh avlodga  g’amxo’rlik ko’rsatish Turkiya davlat siyosatining asosiy muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

 Turkiyada farzandlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilgan.

Bu mamlakat hukumati tomonidan yoshlarning bepul ta’lim olish sestemasi muvaffaqiyatli yo’lga qo’yilgan.

Shuningdek,Turkiya yoshlariga davlat muassasalaridan tashqari xususiy o’quv yurtlarida ham tahsil olish imkoniyati muhayyo etilgan.

Xususan,bu o’lka yoshlari  Islom dini ta’limotidan ham chuqur saboq olish huquqiga ega.

Masalan,Qur’onu Karim oyatlarini mukammal o’zlashtirish borasida ham hech bir to’siq yo’q.

Aksincha,Turkiyada diniy bilimlar dunyoviy fanlar qatorida kelajak avlod ongiga singdirb boriladi.

Mazkur mamlakatda har bir yoshga shaxs sifatida qaraladi va ularning har biriga individual yondashiladi.

Bir so’z bilan aytganda,Turkiya o’z farzandlarni mamlakatning asosiy negizi sifatida qadrlaydi.

Biror bir jabhada yoshlar haq-huquqlarining paymol etilishi bilan bog’liq salbiy holatlar ko’zga tashlanmaydi.

Turkiya o’z farzandlarining oliy darajada tahsil olishi,ma’nan yuksalishi,jismonan kamol topishi uchun jamiki imkoniyatlarni ishga sola bilgan.

Bu esa yoshlardagi ijodkorlik,yaratuvchanlik qobiliyatining soat sayin rivojlanishi,kamol topishida eng muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

Yana bir muhim jihati shundaki,Turkiya jumhuriyatida yoshlardagi yangilikka intilish,bunyodkorlik,yaratuvhanlik g’oyalari hukumat tomonidan faqat va faqat qo’llab-quvvatlanadi.

Salohiyatli yosh kadrlar hamisha hukumatning diqqat-e’tiborida bo’ladi.

O’z navbatida,hukumat tomonidan ko’rsatilayotgan g’amxo’rlikga javoban Turkiyaning har bir yosh fuqarosi yaratilgan keng imkoniyatlardan unumli foydakanish,o’qish,o’rganish,bilim va malakasini chiniqtirib borish asnosida zehnu zakovotda rivojlangan davlatlardagi tengdoshlari bilan tenglashish yo’lida yurakdan ter  to’kadilar,o’z burchlarini sidqidildan uddalashga astoydil bel bog’laydilar.

Diniy va dunyoviy bilimlatni yoshlar ongiga singdirib borish orqali  ular qalbidagi vatanparvarlik,milliylik,qadriyatlarni qadrlay bilish,burchga sadoqat,yurtga muhabbat kabi umuminsoniy tuyg’ular kamolga yetkasib boriladi.

Mazkur muzofon yoshlarining ertasiga ishonchlari buyuk. Bizning mamlakat yoshlari kabi boshi berk ko’cha qarshisida,arosatda qolishgan emas.

Shu bois ham Turkiya yoshlarining har biri ertangi kuniga o’zgacha ishonch bilan qaraydi va kelajak tomon dadil odimlaydi.

O’zbekiston va Turkiya yoshlarining hayot tarziga oid yana bir muhim jihat shundaki,
Turkiya jumhurrıyati yoshlari o’z fikr- mulohazalarini ochiq-oydın,oshkora tarzda ifodalash va o’z qarashlarini qonun doirasida himoya etish huquqiga ega.

Turkiyalik tengdoshlarimiz o’zlarining har qanday muammoli masalarini davlat va hukumat darajasiga olib chiqishlari va ularni shu yo’sında hal etishlari uchun hech bir to’siq qo’yilmagan.

Yosh avlod bu boradagi haq-huquqlaridan erkın foydalanadilar.

Yoshlar bilan bog’liq muammolarning yechimini topishda Turkiya jamiyatida istiqomat qilayotgan tengdoshlarimiz amaliy va ommaviy harakat etish,namoyishkorona chiqishlar qilsh yo’llari orqali  tegishli fikr-mulohazalar bildirish,taklıflar kiritish huquqlarıdan ham keng foydalanısh ımkoniyatiga ega. Mana shunday vaziyatlarda yoshlarga nisbatan mutlaqo ta’qibu tazyiq  qo’llanilmaydi.

Yoshlarning o’z noroziliklarini ko’cha yurıshlari,ya’nı namoishlar,piketlar uyushtırısh orqali izhor etishlariga hech bir ta’qiq qo’yilmagan. Va Turkiya hukumati bu kabi harakatlarga fojiali holat emas,balki,tabiiy,odatıy hol sifatida  qaraydi va qabul qiladi.

Yoshlar tabaqasining haq-huquqlari nafaqat mamlakat ichkarisida,balkim horijiy mamlakatlarda ham qattiq muhofaza qilinadi.

Mamlakat yoshlari hech qachon  o’qish yoki ısh izlash ilinjida o’z-o’zıdan horijiy davlatlarga ravona bo’lishavermaydi.

Va bunga hech bir ehtiyoj ham yo’q.

Maskur masala bilan bo’liq jarayon  davlat tomonidan maqsadli ravishda yo’naltiriladi va odilona boshqariladi. Hukumat aynan mana shu jihatga alohida diqqat qaratadi.

Sababi,har bir yosh fuqaro ushbu davlatning ertangi kun davomchisi sivatida qaraladi va qadrlanadi.

Mavridi kelganida shuni ham alohida ta’kidlab o’tish kerakki,aynan hukumat g’amxo’rligidan ilhom olgan yoshlar o’z yurtiga sidqidildan xizmat qilıshga,o’qishga,har bir sohada faol va  fidoyi bo’lishga azmu  qaror qilishlari tabiiy. Va  o’z navbatida hukumatning e’zoziga javoban   qadr- qimmatini bilgan va burchlarini chuqur anglagan yoshlar as qotgudek bo’lsa Turkiya deb atalmish jonajon vatanı uchun o’z jonlarini fido qilishlari,yurt uchun qalqon bo’lishlariga shubha qo’q.

Endi e’tiboringizni  O’zbekiston yoshlarining bugungi taqdiriga qaratadigan bo’lsak,o’zbek yoshlari turmush tarzining havas qilishga arzigulik qanday jihatlari bor?

Ayni shu masalaga to’htalamiz.

Ma’lumki,noto’g’ri siyosiy boshqaruv natijasida O’zbekistonda ishlab chiqarish –zavod-fabrikalar,qishloq xo’jaligi falaj holga keltirib qo’yildi. Buning natijasida mamlakat iqtisodi jar yoqasiga borib qoldi. Yuqorida sanab o’tilgan salbiy omillar mamlakatda keng ko’lamdagi ishsizlik muammosini keltirib ciqardiki,hududda hukm surayotgan qashshoqlik bo’hroni  O’zbekiston yoshlarining ham bo’g’zidan olmoqda.

Mamlakatda avj olgan adolatsizlik,chuqur ildiz otib ketgan poraxo’rlik,hukumat doirasidagi haqsizlik,huquqsizlik bugungi kun yoshlari hayotida salbiy iz qoldirmoqda.

Ayni damda vatandosh tengqurlarimizning aksariyati,aytish mumkin bo’lsa,asosiy qismi o’qish,o’rganish,yaratish va yaratuvchanlik,bunyodkorlik ortidan jamiyat rivojiga munosib hissa qo’shishdek buyuk orzulardan bebahra – mahrum etilgan. Aksincha,ming afsuzki,aynan O’zbekiston hukumatining,davlat rasmiylarining “tashabbusi” bilan bugundi yoshlar su’niy rayishta tirikchilik qilish,qorin to’yg’azishga mahkum etilgan.

Hukumatdagi haqsizliklar yosh avlod ongini zaharlamoqda.

Mamlakatda havas qilishga arziydigan ta’lim sistemasi yaratilmagan. Salohiyatli yoshlarni qo’llab-quvvatlash yo’lga qo’yilmagan.

Suni afsus bilan ta’kidlab o’tish kerakki,O’zbekistonda ta’lim tizimi mutloqo izdan chiqqan. Maktab,litsey,kasb-hunar kollejlarida bilim berish o’rniga faqatgina pul yig’a-yig’ishlari avj olgan.

O’quv dargohlarida mablag’  “yig’o-yig’” larning:Bugun maktab fondi,sinif fondi uchun,ertasiga bayram bahona,indiniga qorovul-quriqchi,farrosh haqi,alohida hizmatlar,metollalom,makalatura va komissiya uchun degan juda ko’p turlari mavjudki,mabodo anashu ,,ber-ber’”larning birontasiga haq to’lashdan bo’yin tovlagudek bo’sangiz,naqd baloga qolasiz. Shu ondan e’tiboran maktam ma’muriyati,o’qituvchilar guruhining sizga bo’lgan muomila-munosabati o’zgaradi,qoladi:“o’gay bola”ga aylanasiz-qolasiz.

Hatto u a’lochi o’quvchi bo’lsa-da eng qaloq o’quvchiga aylantirish ,,mashinasi ”ishga tushuriladi. Yani bu ataylab qilinadi. Su’niy tarzda past baholash “o’yini” boshlanib ketadi.

Ayniqsa,“prodlyonka”,y’ani darsdan keyingi mashg’ulot uchun pul bermay ko’ringchi?! Ana shundan keyin ko’rasiz tomoshoni.

Marhum mashhur qiziqchimiz Hojiboy Tojiboyev aytganlaridek,cho’lda,katta dalaning o’rtasida milliardlab mablag’lar evaziga barpo etilgan zamanoviy ko’rinishdagi kollejlar-ku hali-hamon bo’m-bo’sh,huvillab yotibdi.

Avvalo,hech bir bog’-zog’bo’lmagan joyda qurilgan kollejga borish uchun transport harajati kerak. Harajat uchun pulning o’zi yo’q. Pul ishlash uchun esa ish o’rnining o’zi mavjhud emas.

Shu boisdan ham ko’pchilik o’qish uchun emas,balkim qorin to’ydirish maqsadida xorijdan ish izlab ketgan.

Oliy o’quv yurtlaridagi ayanchli manzaralarni-ku,tasvirlamay qo’ya qolay.

Oliy o’quv yurtlariga Davlat byudjetidan tortib hatto shartnoma asosida o’qishga “ilinib” olish amaliyotini pora orqali amalgam oshirish qoyilmaqom qilib yo’lga qo’yilgan.

Yanayam qizig’i,mamlakat aholisining asisiy qismi ishzis.

Ishchi-xodimlar”ga  tayinlangan  eng yuqori oylik maoshi esa bor-qo’gi 500 000 sumni tashkil qiladi.

Bu degani,oilasida to’rt nafar farzandi bo’gan bolajon xalqimiz bir oylik maoshiga kiyim-keshak xarid qilsa,30 kun davomida – to keyingi oylikka qadar ozuqasiz qoladi – “tishining kirini” so’radi degan gap.

Mana shunday moliyaviy jihatdan imkonsiz oila farzandlarinig oliy o’quv yurtlariga kontrakt asosida bir yillik tahsil olishlarining bahosi – 5 000000 so’m qilib belgilab qo’yilgan.

E’htimol,bu mablag’ horijliklar nazdida arzimasdek ko’rinar? Balki,“Bir yilga atigi 5 million so’m xolosmi?” deguvchilar ham topilar…

Biroq,5 millon mablag’ni O’zbekisnonda istiqomat qilayotgan aholining oylik mehnat bahosiga bir taqqoslab ko’ringchi? Shundan keyin ham o’zbek talabasiga,uning ona-onasiga,o’zbekistonlik aholiga ason tutarmikansiz?

Hisob-kitob masalasida mana,mening o’zim ko’maklashib yuboraman.

Qani,aniq hisob-kitoblar olabiga ketdik unda:

Bir talabaning oliygohda bir yil tahsil olisi – 5 million so’m ham deylik. Bu nima degani? E’tibor qiling:bu degani,500 000 so’mlik maoshga ro’zg’or tebratayotgan,bola-chaqa boqayotgan ota-ona bitta farzandini bir yil oliy o’quv yurtining “tuprog’ini yalashi”  uchun 10 oy – ya’ni 2 oy kam bir yil davomida emay-ichmay,kiyinmay,qora qozonini qaynatmay,o’zga “jujuq”larining orzu-havasi,tirikchiligini unitish evaziga sarmoya to’plashi kerak – shart degani! Shunga majbur degan gap-ga!

Xo’sh,shu asnoda umrguzorlik qilim bo’ladimi?

Ko’p afsuski,O’zbekistonda kridet,ayniqsa,talaba kridet tizimi mukammal ishlab chiqilmagan Mutlaqo ishlamaydi.

Olayotgan sarmoyangizning qoq yarmini bank arboblari-yu kridet bo’limida o’tirganlarga “ehson” qilgan taqdiringizdagina,bir-ikki so’mlik bo’lib qolishingiz mumkin. U ham OTLIQQA bor,PIYODAga qayda?!

Va yana alal-oqibat kridetning kazo-kazolarga “in’om” etilgan qismini ham foizi bilan o’z  cho’ntagingizdan – peshona teringizdan to’lash,“olmagan” qarzni qaytarish kimga ham yoqardi deysiz?…

O’ylab qaralsa,O’zbekisnonda institut,universitetda o’qish,bilim olishning birgina  yo’li mavjud:boyning tomini teshish – o’g’irlik qilish.

Yohud oliy bilim dargohida tahsil olish orzuzini ushaltirishning yana biror bir muqobil varianti ham bormi?  Bo’lsa,ayting?

Pora olib boyish emasmi,mabodo?

Esiz,esiz,O’zbekistonda yosh kadrlar iqtidoriga qarab emas,“uzata oladigan” pora miqdori,tanish-bilishchilik,qarindosh-urug’chilik asosida saralab olinadi.

Bu hol esa yoshlar ruhiyatini sindirish,  dunyoqarashini majruh etish,osmono’par orzularini er bilan chilparchin qilib,kelajagini barbod bo’lishi kabi o’ta noxush va o’ta ayanchli oqibatlarga olib kelmoqda.

O’zbekistonlik yoshlar hayotini kuzatar ekansiz,ularning haq-huquqlari har qadamda toptalayotgaligiga guvoh bo’lasiz.

Mana,masalan,islom amallarini,oddiy ibodat farzini bajarishga hayrihoh yoshlar hukumat tomonidan turli diniy oqimlarga a’zolikda nohaqdan-nohaq ayblanadilar,qatag’on etiladilar,aybsiz aybdor sifatida qamoqqa tashlanadilar.

Garchi O’zbekistonning eng Oliy Qonun kitobi bolmish Konstitusiyada din,e’tiqod  erkinligiga izin berilishi alohida ta’kidlab – belgilab qo’yilgan bo’lishiga qaramasdan Islom diniga e’tiqod qiluvchi yoshlar ta’qib va tahdid bo’roni ostida qoladilar.

Ochig’ini aytganda hozirgi kunda O’zbekiston yoshlarning hayotiga faqatgina achinish hisi bilan qarash mumkin.

Eng ayanchli jahatlaridan yana biri shundaki,mamlakat yoshlarining juda katta ko’lamdagi qismi ayni damda maqsadli o’qish,tahsil olish uchun emas, balki tirikchilik tashvishida,oila boqish dardida  horijiy o’lkalarga chiqib ketishga majbur bo’lishayotir.

O’zga davlat tilini bilmagan va ma’lum bir kasbiy malakaga ega bo’lmagan tengdoshlarimiz  yot ellarda ish izlab xoru-zor bo’lishmoqda.

O’zbekiston deb atalmish diyorida haq-huquqlari ayovsiz toptalgan yoshlarimizning chet ellardagi hayotini ham havas qilarli darajadadeb bo’lmaydi:musofir tengdoshlarimiz o’zga el turmush tarzi,qonun-qoidalari,tilini o’zlashtirgunlariga qadar muddat davomida hadsiz ta’hqirlar,achchiqdan-da-achchiq alamli iztiroblar ta’mini tuyushga mahkum.

Bundan tashqari,“kelajagimiz” deb atalayotgan avlod vakillaridan birortasi boshini ko’tarib o’z noroziliklarini bildirish u yoqda tursin,hattoki biron bir taklif yoki yangicha fikr bildirish huquqidan mosuvo etilgan.

Qani,yoshlardan birortasi norosilik izhor qilishga urinib ko’rsinchi?!

Ana shundan keyin navbatdagi ta’ziq turlarining “namoishi” boshlanib ketadi.

Ya’ni,eng avvalo,noroziligini bildirishga uringan uningdek “g’alamis” avlod vakili Konstitusion tuzmga qarshi chiqqan xoin sifatida e’lon qilinadi.

Yangicha fikrlay boshlagan tengdoshimizning oila-a’zolari,qarindosh-urug’lariga ko’z tikishadi. Kuzatuv ostiga olishadi

O’z noroziligini izhor qilishga oshiqqan yosh avlod vakiliga qarshi mahalla-kuy,maktab,litsey,kasb-hunar kollejlari,IIB,MXX xodimlari – barcha-barchasi oyoqqa turg’iziladi.

Xuddi shu asnoda murg’ak qalb egasi bo’lmish nozik nihol farzandning yuragiga qo’rquv-g’ulg’ula hissi singdirib boriladi.

Ota-onalarning qarindosh-urug’larning,butun bir mahallaning tinchi buzuladi.

O’zgacha qarashdagi farzand kamol topgan oilaga odamlar hadiksirash nigohi bilan  qaray boshlashadi.

Xuddi mana shu zayilda butun bir jamiyat ,,qo’rqitish qiroli” ostida nazorat qilinadi.

Adolatsiz tuzim olib borayotgan g’oyat yanglish siyasat va hur fikrli fuqarolarni bo’g’ish,qo’rqitish,taqib-u ta’zyiqlar bois ham jamiyat borgan sari tanazzulga yuz tutayotir. Buni anglash  mushkul emas.

Hech ikkilanmay O’zbekistonda hukm surayotgan ma’naviy va iqtisodiy tanazzul butun bir mamlakatni parokandalik sari yetaklamoqda deyishimiz mumkin.

Nima bo’lgan taqdirda ham bunday ta’qib-u ta’zyiqlarning,oddiy xalqni xo’rlashlarning oqibati   xayirlik bilan tugamasligiga tarixning o’zi guvoh.

 Dilshod  NURXONOV

http://birdamlik.info/blog/2013/12/15/

Leave a Reply

Your email address will not be published.