O’zbekistonda bolalar majburiy mehnatiga qarshi namoyish Vashingtonda o’tdi.

Spread the love

Chorshanba, 13-mart, 2013 Toshkent vaqti: 15:19

Dasturlar

Markaziy Osiyo

O’zbekistonda bolalar majburiy mehnatiga qarshi namoyish Vashingtonda o’tdi.

O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi qarshisida respublikada bolalar majburiy mehnatiga qarshi namoyish, 11-mart, 2013-yil.

O’zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi qarshisida respublikada bolalar majburiy mehnatiga qarshi namoyish, 11-mart, 2013-yil.

Odil Ruzaliev

12.03.2013


Vashingtonda O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo’lib turar ekan, amerikalik faollar respublikada bolalar majburiy mehnatiga qarshi norozilik bildirib, kecha O’zbekiston elchixonasi qarshisida namoyish qildi.

O’nlab tashkilot va kompaniyalarni birlashtirgan koalitsiya bir necha yildan beri jahon hamjamiyati diqqatini O’zbekiston paxta dalalarida bolalarning ekspluatatsiya qilinishiga qaratishga harakat qiladi.

Amerika o’qituvchilari federatsiyasining vakili Abbi Millsning aytishicha, koalitsiya ekspluatatsiyaga davlat bosh-qosh bo’layotganidan tashvishda.

“O’zbekistonda bolalar mehnatga majburiy ravishda jalb etilibgina qolmay, buning aynan davlat nazorati ostida amalga oshirilayotganiga diqqatni qaratmoqchimiz. Hukumat paxta sanoatini rivojlantirish yo’lida davlat xizmatchilari, o’qituvchilar, bolalar, oddiy fuqarolarni majburlab, do’q-po’pisalar bilan qul kabi dalaga haydamoqda. Xususiy kompaniyalarda ham majburiy mehnat uchraydi, ammo O’zbekiston bunga aynan davlatning o’zi mas’ul ekani bilan ajralib turadi”, – deydi Abbi Mills.

O’zbekiston elchixonasi qarshisidagi namoyishda koalitsiya a’zolari majburiy mehnatga qarshi shiorlar aytdi. Ikki nafari esa o’zbek paxtasidan tayyorlangan va paxta dalalarida mehnat qilayotgan bolalarning tasviri tushirilgan choyshabni yozib, tutib turdi.

Xalqaro koalitsiya ma’lumotiga ko’ra, O’zbekiston hukumati va’dalariga qaramay, o’tgan mavsumda kamroq bo’lsa-da, yana bolalar paxta terimiga majburan jo’natilgan. Guruh rasmiy Toshkentdan Xalqaro mehnat tashkiloti vakillarini vaziyatni nazorat qilish uchun paxta mavsumida mamlakatga kiritishni talab qilmoqda.

O’nlab xalqaro nodavlat tashkilotlar da’vatiga ko’ra, so’nggi yillarda to’qimachilik bilan shug’ullanuvchi yirik kompaniyalar o’zbek tolasini xarid qilishdan bosh tortib keladi. Shu kunga qadar 130 kompaniya o’z ta’minotchilariga o’zbek paxtasini sotib olmaslikni tayinlagan. Bu o’tgan yilga qaraganda 50 taga ko’p.

Natijada respublika yengil sanoatida biznes qilayotgan Janubiy Koreyaning DEU (Daewoo) kompaniyasi uchta fabrikasi va dunyo bo’ylab kiyim-kechak do’konlariga ega ayrim yirik to’qimachilik firmalari bilan hamkorlikdan ayrildi.

“Kampaniyamiz yildan-yilga kuchayib bormoqda va O’zbekiston hukumati talablarimizga quloq tutayotgan ko’rinadi. Dalaga bolalardan ko’ra yoshlar ko’proq olib chiqilmoqda. Ammo bu ham majburiy amaliyot. Uni batamom to’xtatishlarini talab qilamiz”, – deydi Xalqaro mehnat huquqlari forumi rahbari Judi Gerxart.

Namoyishchilar O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Vashingtonga tashrif buyurganidan foydalanib, unga xat topshirmoqchi bo’ldilar, ammo elchixonadan maktubni qabul qilish uchun hech kim chiqmadi.

 

http://www.amerikaovozi.com/content/forced-labor-protest/1619931.html

 

Leave a Reply

Your email address will not be published.