Chikagoda NATO sammiti namoyishlar ostida o’tmoqda.

Spread the love

Yangiliklar RSS Feeds RSS

 20 may, 2012

Chikagoda NATO sammiti namoyishlar ostida o’tmoqda

Keyn Farabo/Navbahor Imamova | Chikago/Vashington.

NATO Chicago Sumit-2012 logo

Foto VOA
Chikagoda o’zbekistonlik muhojirlar, muxolifat a’zolari va talabalar O’zbekiston paxta dalalarida bolalar zo’rlab ishlatilishiga qarshi, shuningdek, inson huquqlari bilan bog’liq ahvol o’gir ekaniga va repressiyaga urg’u beruvchi plakatlar ko’tarib, 20-21 va 22 may kunlari Chikagoning markaziy xiyobonlari va katta mehmonlari oldida namoyishlar qilmoqchi.

Amerikaning azim shahri, Buyuk ko’llar bo’yidagi Chikago – NATO, Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotining sammitiga mezbon. 28 davlat rahbarlari va vakillari qatnashmoqda.

Diplomatlarning tasdiqlashicha, Markaziy Osiyo respublikalaridan biror prezident kelmagan, faqat tashqi ishlar, xavfsizlik va mudofaa uchun mas’ul rasmiylar tashrif buyurgan.

 

Chikagoda NATO sammiti va namoyishlar, Navbahor Imamova xabar beradi

download iconDownload: MP3

Right click (Control click for Mac) and choose Save Link/Target As

Chikago ko’chalari bag’oyat gavjum, minglab odamlar namoyishda.

Ularning aksariyati – o’tgan yildan beri xususiy sektor va kapitalizmga qarshi chiqishlar qilayotgan guruhlar.

Biroq muhojirlar, siyosiy faollar va chet ellik yoshlar ham ko’p. Ular o’z ona yurtlaridan kelayotgan liderlar va ular siyosatiga qarshi targ’ibot olib bormoqda.

 

REUTERS

NATO sammitida asosan Afg’oniston kelajagi muhokamada

Chikago politsiyasi hech kimning huquqi poymol etilmaydi, lekin odamlar tartib saqlashi, qoidalarni buzmasligi kerak deya eslatib turibdi.Kamida uch kishi zo’ravonlikda ayblanib, hibsga olingan.

Shahardagi taniqli oliygoh, Nortvestern Universiteti (Northwestern University) professori Yan Xurd fikricha, NATO sammiti qanday kechishi namoyishchilar va politsiya qanchalik til topisha olishiga bog’liq. “Chiqishlar tinch o’tadi degan umiddamiz”, – deydi u.

 

AP

Chikagoda namoyishlar

Chikago – prezident Barak Obamaning ona shahri.Merilend shtatidagi dala hovlisida Katta Sakkizlik anjumanini yakunlab, Obama bu yerga yo’l olarkan, har burchakda maxfiy xizmat xodimlari ko’zga tashlanadi.

NATO sammitida Afg’oniston kelajagi muhokamada. 2014- yilgacha qilinishi kerak bo’lgan ishlar va mamlakatning undan keyingi taqdiri. Kelasi ikki yil ichida Amerika va uning ittifoqchilari qo’shinlarni olib chiqish niyatida. Tinchlikni ta’minlash astalik bilan mahalliy kuchlar zimmasiga topshirilmoqda.

 

President Barack Obama greets supporters on the tarmac on his arrival at O'Hare International Airport in Chicago, Friday, March, 16, 2012.

AP

Chikago – prezident Barak Obamaning shahri

Prezident Hamid Karzay va uning hukumati har bir viloyatda boshqaruv va xavfsizlikni butunlay o’z nazoratiga olishga tayyor ekanini bildirmoqda. Lekin mamlakat hali uzoq vaqt tashqi dunyoning moliyaviy va texnik yordamiga muhtoj bo’ladi.Markaziy Osiyodan borayotgan vazirlar Amerika, Pokiston, Afg’oniston va NATO a’zolari orasidagi muloqotni kuzatadi va parda ortida alohida uchrashuvlar rejalangan.

 

State Dept

O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov

AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta va Davlat kotibasi Xillari Klinton boshchilida muzokaralar bo’lib o’tadi. Asosiy mavzu – mintaqa bugun Afg’onistondagi harakatlarni qanchalik quvvatlayotgani, ayniqsa xalqaro koalitsiyaga zarur mahsulotlar tashiladigan Shimoliy Ta’minot Tizimida Markaziy Osiyo o’ynayotgan rol.Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zarifiy Chikagodan oldin Vashingtonda muzokaralar olib bordi.

“NATO sammitiga yirik davlatlarni tinglash uchun borayapmiz”,- deydi u.

O’zbekistondan sammitda borgan delegatsiyaga Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchilik qilmoqda. Mudofaa vaziri Qobil Berdiyev unga hamroh.

Chikagoda o’nlab o’zbekistonlik namoyishchilar yig’ilgan.

Muhojirlar, muxolifat a’zolari va talabalar O’zbekiston paxta dalalarida bolalar zo’rlab ishlatilishi, shuningdek, inson huquqlari bilan bog’liq ahvol og’ir ekani va repressiyaga urg’u beruvchi plakatlar ko’tarib, Chikagoning markaziy xiyobonlari va katta mehmonlari oldida namoyishlar qilmoqda.

 

Chikagoda NATO sammiti paytida namoyish qilayotgan o’zbekistonliklar, Aziz Yo’ldoshev va Dmitriy Nurullayev bilan suhbat/Navbahor Imamova

download iconDownload: MP3

Right click (Control click for Mac) and choose Save Link/Target As

O’zbekistonlik ikki talaba, Vashington shtatida bilim olayotgan Aziz Yo’ldoshev va Dmitriy Nurullayev Sietlda o’z tashkilotlariga asos solgan.

Awareness Projects.Org (Targ’ibot loyihalari) deb nomlangan guruhning maqsadi – O’zbekistonda aholini qiynayotgan azaliy muammolar, jumladan paxta dalalarida bolalar va yoshlarni majburan ishlatish, inson huquqlari muntazam ravishda buzilishi, xavfsizlik organlarining fuqarolarga o’tkazadigan bosim va tazyiqi haqida xalqaro jamoatchilikni boxabar qilish.

 

awarenessprojects.org

Dmitriy Nurullayev, talaba

Chikagodagi sammit, deydi Dmitriy Nurullayev “Amerika Ovozi” bilan gaplashar ekan, nafaqat amerikaliklar balki chet ellik mehmonlar e’tiborini qozonish uchun bir imkoniyat.Plakatlarga “O’zbekistonda bolalar mehnatini to’xtating”, “O’zbekiston paxtasini sotib olishni bas qiling”, “O’zbekiston paxta sanoatiga iqtisodiy sanksiya qo’ying”, “O’zbek bolasi qul emas”, “Bolalarni paxta terdirmay o’qitish kerak” degan chaqiriqlar yozilgan.

Bu yoshlarga AQShda asoslangan “Birdamlik” harakati a’zolari ham qo’shilgan. Turli shtatlardan o’nlab o’zbek muhojirlar ularni quvvatlamoqda.

 

awarenessprojects.org

Aziz Yo’ldoshev, talaba

O’zbekiston bilan hamkorlik qilayotgan, uni yirik siyosiy yig’inlarga chaqirib, maslahat qilayotgan G’arb respublikadagi muammolarga ko’z yummasligi kerak, deydi Aziz Yo’ldoshev.Lekin, deya so’raymiz ulardan, Chikagodagi sammitga borgan diplomatlar O’zbekiston bilan ancha tanish va bugungi hamkorlik aynan Afg’onistondagi murakkab vaziyat bilan bog’liq desa nima deysiz?

Yoshlarning javobi ham bir savol: Afg’onistonda demokratik jamiyat quramiz deb bong urayotgan Amerika qo’shni davlatdagi ahvol yomonlashishi, fuqarolar yanada ezilishi uchun hissa qo’shmayaptimi?

Guruhni Xalqaro Mehnat Huquqlari Tashkiloti moliyaviy tomondan qo’llamoqda. Human Rights Watch va boshqa muassasalar bilan ham hamkorlik bor.

O’tgan hafta Aziz Yo’ldoshev va Dmitriy Nurullayev o’z tashkiloti nomidan O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga maktub yo’llagan. Unda yoshlar bosh diplomatdan huquq va erkinlik masalasiga e’tibor qaratishni, O’zbekistonning chet eldagi obro’siga putur yetkazayotgan muammolar yechimi uchun harakat qilishni so’raydi.

http://www.voanews.com/uzbek/news/NAT-Summit-Chicago-Protests-152149595.html

Leave a Reply

Your email address will not be published.