Yevropa, savdo hamkori, O’zbekistonga paxta bo’yicha shart qo’ymoqda.

Spread the love

Navbahor Imamova | Vashington, 4-oktabr 2011

Foto European Parliament

O’zbekistonda paxta terimi avjida. Kattayu kichik oq oltinni yog’ingarchilik boshlanmay turib yig’ib olish kerak deya dalaga olib chiqilmoqda.

Mana shunday tig’iz kunlarda Yevropa Parlamenti a’zolari O’zbekiston hukumatini bolalarni majburan ishlatayotganlikda ayblab, respublika bilan to’qimachilik bobida hamkorlikni cheklash kerak deya bong urmoqda.

Fransiyalik deputat Nikol Kiil-Nielsen taklifini parlamentning Tashqi aloqalar bo’yicha qo’mitasi a’zolari bir ovozdan ma’qullagan.

 

European Parliament/Nikol Kiil-Nielsen, fransuz qonunchi, O’zbekiston hukumati bolalarni majburlab paxtazorga olib chiqmasin deydi

Bugun Bryusselda ko’rib chiqilgan hujjatda qayd etilishicha, O’zbekiston hukumati paxta terimida bolalar mehnatidan foydalanilmayotganini isbotlab, respublikada bu borada qabul qilingan qonunlar amalda aksini topib, yosh avlod sog’lig’i, ta’limi va maktabdan qolmasligi uchun konkret choralar ko’rilib, shuningdek, vaziyatni yaqindan kuzatish va tekshirish uchun xalqaro organlar, xususan Xalqaro Mehnat Tashkiloti va UNICEF (BMT Bolalar Jamg’armasi) mamlakatga bemalol kirib, ma’lumot ola bilsagina, hamkorlikni kengaytirish mumkin.

1999 yilda qabul qilingan Sheriklik va Hamkorlik Bitimi Yevropa Ittifoqi-O’zbekiston orasidagi asosiy savdo shartnomasidir. Qo’mita cheklov qo’ymasa, bu hujjat doirasida O’zbekiston o’z paxtasini pastroq tariflarda eksport qilishi mumkin edi. Respublika oq oltin eksportining chorak qismi Yevropaga to’g’ri keladi.

Tashqi aloqalar bo’yicha qo’mitaning bugungi majlisida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar O’zbekiston bilan bir pozitsiyadan turib muloqot qilishi kerak degan chaqiriqlar yangragan.

 


Reuters

Inson huquqlari va fuqaro manfaatlari geosiyosiy maqsadlardan ustun qo’yilmay, ikkiyuzlamachilikka berilmagan holda aloqa yuritish lozim, O’zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan ochiq va dangal muzokara qilish kerak, deydi Yevropa qonunchilari.

Rasmiy Toshkent Bryusseldagi bu bayonot va qarorlarga nisbatan munosabat bildirmagan. Mamlakat paxta yetishtirishda dunyoda beshinchi, eksport bo’yicha esa uchinchi o’rinda turadi. Bolalar mehnati masalasi ko’tarilganida, rasmiylar shu kungacha qabul qilingan, jumladan bolalar ekspluatatsiyasini man etuvchi qonunchilikka ishora qiladi.

Yevropa Ittifoqi butun Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston bilan aloqalarni kengaytirish maqsadida yangi strategiya ishlab chiqqan. Unga ko’ra, har bir hukumat bilan muntazam muzokaralar olib boriladi va o’zaro manfaatlardan kelib chiqib, hamkorlik qilinadi.

Xalqaro huquq tashkilotlari Ittifoqni huquq va demokratiya masalasini chetga surayotganlikda ayblasa, Yevropa rasmiylari buni rad etadi. Ijtimoiy va siyosiy erkinliklar targ’iboti davom etadi, deydi ular.

4 Attached files|53KB

View SlideshowDownload All

http://uk.mg40.mail.yahoo.com/neo/launch?.rand=634mnia35gbbl

Leave a Reply

Your email address will not be published.